Tayland o‘zbekistonliklar uchun mamlakatda vizasiz yurish muddatini uzaytirdi
2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 31 martgacha mamlakatga viza olmasdan kirish huquqiga ega xorijliklar uchun vizasiz yurish muddati hozirgi 30 kundan 45 kungacha uzaytirildi.

Foto: Getty Images
Tayland hukumati mamlakat turizm boshqarmasining xorijlik turistlarning qirollikda vizasiz yurish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.
19 agust kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 31 martgacha mamlakatga viza olmasdan kirish huquqiga ega xorijliklar uchun vizasiz yurish muddati hozirgi 30 kundan 45 kungacha uzaytirildi.
Qirollikka kelishi bilan viza oladigan davlatlar, xususan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bu muddat 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi.
Taylandda o‘tgan yil boshida ham ana shunday amaliyot joriy etilgan, mamlakatda vizasiz yurish muddati 2021 yil yanvaridan sentabrigacha 30 kundan 45 kungacha uzaytirilgandi.
Mavzuga oid

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

16:08 / 31.01.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

19:33 / 23.01.2025
Shakarob dunyoning eng yomon taomlari reytingiga kiritildi

18:15 / 17.01.2025