Mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganini tasdiqlovchi qat’iy mezonlar belgilanadi 

O‘zbekiston 07:38 / 19.08.2022 1724

Seminarda mamlakatda mahkumlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar, xalqaro tajriba hamda “Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Seminarda turli xildagi ruhiy va jismoniy tazyiqlar oldini olish maqsadida mamlakat tergov hibsxonalaridagi tergovchilar xonalariga 123 dona zamon talablariga javob beradigan ovoz yozishga mo‘ljallangan videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgani, tergov hibsxonalari va yopiq turdagi koloniyalarda 69 ta advokatlar bilan uchrashuv xonalari qayta jihozlanib, advokatlar uchun videokuzatuv vositalarisiz hamda eshitish moslamalarisiz alohida xonalar tashkil etilgani e’tirof etildi.

Qonunchilik palatasida takomillashtirilayotgan “Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ham ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, mahkumlar tuzalish yo‘liga o‘tganini tasdiqlovchi qat’iy mezonlarni belgilash orqali ular xulq-atvorini baholashda korrupsion omillarni bartaraf etish, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Seminar yakunida sohadagi ishlar samaradorligini oshirish hamda qonun loyihasini yanada takomillashtirishga oid tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: