Buxoroda xalqaro maqom san’ati anjumani tashkil etiladi

O‘zbekiston 09:47 / 13.08.2022 6454

Prezidentning “II xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va maqom san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Buxoro viloyati hokimligining 2022 yil oktabr oyida Buxoro shahrida II xalqaro maqom san’ati anjumanini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (A.Aripov):

a) anjumanni Buxoro viloyatida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

b) prezident administratsiyasi bilan kelishilgan holda:

  • xalqaro maqom san’ati anjumanini kelgusida bosqichma-bosqich respublika boshqa hududlarida o‘tkazish choralarini ko‘radi;
  • sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda joriy yildagi anjumanni hamda kelgusidagi xalqaro maqom san’ati anjumanlarini o‘tkazish muddatini belgilaydi.
Ko‘proq yangiliklar: