Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish uchun E-bozor tizimi joriy etiladi
Soliq qo‘mitasi tomonidan bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat va monitoring qilish uchun E-bozor elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy qilish mo‘ljallanmoqda.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining «Bozorlar va savdo komplekslarini zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida Soliq qo‘mitasi tomonidan bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat va monitoring qilish uchun E-bozor elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy qilish mo‘ljallanmoqda.
Bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishtiroki majburiy ekani bilan bog‘liq talabni bekor qilgan holda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, davlat muassasasi va davlat ishtirokidagi korxonalarning bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) keyinchalik yaxlit paket sifatida ommaviy savdolar orqali sotish yoki samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Quyidagilar tasdiqlanadi:
- hududlarda joylashgan bozorlar va savdo komplekslarini zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligida bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini o‘rganish va takliflarni tayyorlash bo‘yicha tuziladigan ishchi guruh namunaviy tarkibi;
- hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida tashkil etiladigan yangi dehqon bozorlari, mavjud bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek ularning filiallari negizida tashkil etiladigan «eko-bozorlar» hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida tashkil etiladigan yirik savdo-ko‘ngilochar markazlari ro‘yxatlari;
- dastlabki bosqichda ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) zamonaviy ko‘rinishga keltirish sharti bilan belgilangan tartibda sotiladigan 26 ta bozor va savdo komplekslari ro‘yxati.
Ishchi guruh tomonidan xatlov natijalariga ko‘ra, har bir bozorlar va savdo komplekslari kesimida ularning keyingi faoliyatini samarali tashkil etish, xususiylashtirish, shu jumladan xususiy sektorga o‘tkazish shartlari va mexanizmlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikka berish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NATO Kiyevga qurollar yetkazishni muvofiqlashtirishni boshladi
Jahon | 11:25
-
🔴 LIVE: Putinning zaif nuqtasi qayerda?
Jahon | 11:22
-
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 11:20
-
M-39 yo‘lining ayrim uchastkalarida harakat tezligi 130 kmgacha oshirilishi mumkin
Jamiyat | 11:11
Mavzuga oid

16:56 / 05.08.2025
Maktabga tayyorgarlik: bozor qildingizmi?

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

13:49 / 19.07.2025
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishni davom ettirmoqda

22:14 / 05.05.2025