Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda infratuzilma sharoitlari yetarli emas" - Charm-sanoat sohasi tadbirkorlarining muammolari muhokama qilindi
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan rejalashtirilgan ochiq muloqoti oldidan soha muammolarini o‘rgandi.

Foto: O‘zcharmsanoat
Mazkur tadbir prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ochiq muloqoti oldidan tayyorgarlik sifatida tashkil etildi. Tadbirda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan murojaatlar uchun tashkil qilingan koll-markaz hamda maxsus shtabga charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi tadbirkorlardan kelib tushayotgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, shtabga 1000ga yaqin murojaat va 40ga yaqin taklif kelib tushgan. Ushbu murojaat va takliflarga yechim topish maqsadida 40 ga yaqin vazirlik va idoralar mutasaddilari ham ishtirok etgan uchrashuvda tadbirkorlar ularga bevosita o‘z savollarini berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Muhokamalar natijasida sohada yechimini kutayotgan muammolar, eng ko‘p qayd etilgan murojaatlar sifatida quyidagilar ko‘rsatib o‘tildi:

- investitsiya loyihalarini amalga oshirishda infratuzilma sharoitlarini yaratish, yer uchastkalarini auksionga tezkor ravishda qo‘yish hamda xususiylashtirish jarayonlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani;
- to‘lov miqdorlari yuqoriligi;
- mahsulotlarni eksportga jo‘natishda QQSni qaytarish va logistika bilan bog‘liq holatlarga doir tizimli muammolar.

«O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi Faxriddin Boboyevning ta’kidlashicha, muammolarning ayrimlari shu yerning o‘zida hal etildi:
“Ko‘rib chiqilishi muayyan muddat talab qiladigan ayrim muammolar alohida mas’uliyat va vaqt talab qiladi. Shunday muammolar borki, ularga davlat darajasida e’tibor qaratilishi zarur. Shunday murojaatlardan ayrimlarini davlat rahbari va tadbirkorlarning ochiq muloqotidagi masalalar tarkibiga qo‘shish ham ko‘zda tutilgan. Shuning uchun tegishli instansiyalar bilan hamkorlikda ishlayapmiz”, – dedi u.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
-
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:32
-
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi
Jahon | 07:52
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
Mavzuga oid

22:16 / 25.11.2024
«O‘zcharmsanoat» uyushmasiga yangi rais tayinlandi

11:23 / 09.07.2024
Ohangaronda 23 ta yangi charm sanoat korxonasi barpo etiladi

21:58 / 18.03.2024
Uchta uyushma raislari o‘zgardi

17:36 / 23.10.2023