Buxoro viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, holat hodisa sodir bo‘lgan vaqtning o‘zidayoq Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida tegishli tartibda qayddan o‘tkazilgan. Voqea sodir bo‘lgan joy, vaqt va ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilingan.
So‘nggi vaqtlarda mahalliy sportchilar bilan bog‘liq ketma-ket noxush voqealar ro‘y berdi.
- 2021 yil avgustda Qarshi shahrida sport murabbiyi Elbek Rahimovni bir guruh shaxslar odamlar ko‘z o‘ngida kaltaklab, mashinaga solib olib ketishgan, keyinroq murabbiyning jasadi Chiroqchi tumanidan topilgandi. Sud jami 26 nafar shaxs ustidan hukm o‘qigan.
- O‘tgan yil sentabrda qashqadaryolik yana bir taniqli sportchi Kamoliddin Rasulov Toshkentda tanishi tomonidan bir necha joyidan pichoqlangan, olgan jarohatlari natijasida vafot etgandi. Qotil 15 yilga qamalgan.
- O‘tgan oyda Qashqadaryoda 23 yoshli sportchining jasadi Qarshi magistral kanalidan topildi. Marhumning yaqinlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu tabiiy o‘lim bo‘lganiga ishonmayotganini aytgan.