Ukrainada urush tufayli 456 nafar sportchi halok bo‘ldi

Jahon 08:34 / 16.05.2024 3358

Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari natijasida 456 nafar ukrainalik sportchi va terma jamoalar murabbiyi halok bo‘ldi, dedi Bryusselda DW nashriga bergan intervyusida yoshlar ishlari va sport vaziri vazifasini bajaruvchi Matvey Bidniy. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan va yaralangan ukrainalik sportchilar soni deyarli har kuni ortib bormoqda. 

«Ukraina sportining elitasi bugungi kunda mustaqilligimiz va kelajagimizni qo‘lida qurol bilan himoya qilmoqda, - deya ta’kidladi Bidniy. - O‘tgan haftada og‘ir atletika bo‘yicha ikki karra Yevropa chempioni, Riodagi Olimpiadada to‘rtinchi o‘rinni olgan sportchi halok bo‘ldi». Gap Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumi birinchi kunlaridanoq Ukraina Qurolli kuchlari safida bo‘lgan Aleksandr Peleshenko haqida ketmoqda. 

Yoshlar va sport vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hujumlari natijasida Ukrainada 500 dan ortiq sport inshooti va 100 dan ortiq yoshlar infratuzilma obekti vayron bo‘lgan. 

Matvey Bidniy Bryusselga rasmiy tashrif bilan keldi hamda 13 va 14 may kunlari Yevropa Ittifoqining Yoshlar va sport masalalari bo‘yicha kengashi yig‘ilishlarida yevropalik hamkasblariga murojaat qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: