5 avgust kuni 4R-36 Jizzax-Forish avtomobil yo‘lining Forish tumani hududidan o‘tgan 46-kilometrida mudhish YTH ro‘y berdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 1976 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Isuzu Jizzax–Forish yo‘nalishda harakatlanib ketayotganda haydovchi uxlab qolgan.
Natijada yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, Forish tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Nexia-2 mashinasiga urilgan.
Oqibatda Nexia-2 haydovchisi va unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
UPD. Jizzax viloyati IIB axborot xizmati Kun.uz'ga voqeada dastlabki xabarda aytilganidek 5 kishi emas, 4 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.