O‘zbekiston | 07:56 / 25.07.2022
10439
1 daqiqa o‘qiladi
Prezident farmoni bilan afv etilganlar soni 5555 nafarga yetdi
Prezident farmoni bilan afv etilgan shaxslar soni 5555 nafarga yetgan. Bu haqda “Rasmiy xabarlar” kanali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2017 yildan beri afv etish bilan bog‘liq 21 ta farmon e’lon qilindi. Mazkur farmonlar asosida 5555 nafar jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar afv etildi.
Xususan:
- 2017 yilda – bitta farmon bilan 2700 nafar shaxs;
- 2018 yilda – uchta farmon bilan 621 nafar shaxs;
- 2019 yilda – to‘rtta farmon bilan 771 nafar shaxs;
- 2020 yilda – beshta farmon bilan 616 nafar shaxs;
- 2021 yilda – to‘rtta farmon bilan 637 nafar shaxs;
- 2022 yilda – uchta farmon bilan 203 nafar shaxs afv etildi.
Mavzuga oid

15:46 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?

23:41 / 20.01.2025
Bayden o‘z oilasining besh nafar a’zosini afv etdi

19:58 / 20.01.2025
Tramp «qasos olish» bilan tahdid qilgan shaxslarni Bayden oldindan afv etdi

23:14 / 19.01.2025