Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili o‘zining konstitutsiyaviy lavozim vakolatlari doirasida 19 yanvar kuni 600 nafardan ortiq mahbusni afv etdi.
«Men o‘zimning konstitutsiyaviy vakolatlarimdan foydalangan holda 613 nafar mahbusni afv etaman. Afv etilganlarning o‘z oilalariga qaytish va jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lish imkoniyati taqdim etiladi», — deydi Kavelashvili.
Shu bilan birga, u qaysi toifadagi mahbuslar afv etilganiga oydinlik kiritmagan.
Gurjistonda prezidentlik saylovlari 14 dekabrda bo‘lib o‘tgandi. Tarixda birinchi marta uni 300 kishidan iborat saylovchilar kollegiyasi sayladi.
Eng yuqori davlat lavozimiga faqat bir kishi — 53 yoshli sobiq futvolchi Mixail Kavelashvili nomzodlik qildi. U mavjud 300 ta ovozdan 224 ta to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Saylovni o‘tgan deya tan olishlari uchun kamida 200 ta ovoz talab etilardi.
Mamlakatning oldingi prezidenti Salome Zurabishvili saylov natijalarini tan olmasligi va prezidentlik saroyini tark etmasligini bildirdi. Ammo 29 dekabr kuni ertalab Zurabishvili qarorgohdan chiqib ketdi va Tbilisida to‘plangan norozilik aksiyasi ishtirokchilari olidida chiqish qildi.