Ertoshdan Kelinchaksoygacha – Chotqol tog‘ tizmasidan suratlar fotojamlanmasi

O‘zbekiston 17:24 / 22.07.2022 25187

Shu yo‘lning Kelinchaksoy deb ataluvchi qismigacha bo‘lgan hududdagi go‘zal tabiat va u yerda faoliyat olib borayotgan cho‘pon-u yilqichilarni Kun.uz muxbiri kamera obektiviga muhrladi.

Qariyb 30 km tog‘ oralab kirilar ekan, yo‘lning yomonligi sabab bu yerdan faqat maxsus mashinalar harakatlanadi xolos. Bundan tashqari yo‘lning yarmidan boshlab mobil aloqa umuman ishlamaydi. Bu yerda o‘zingizni dunyodan uzilib qolgandek his qilasiz, lekin tabiatning go‘zalligi, havo haroratining salqinligi, kechasi tushadigan sovuq insonga o‘zgacha huzur bag‘ishlaydi.

Shahar shovqini, jazirama issiqni bir zumda unutasiz. Tog‘ cho‘qqilarida qor turishi ham bu yerda ob-havo qanday ekanidan darak beradi.

Suratlar muallifi – Tohirjon Tursunov

Ko‘proq yangiliklar: