Jo Baydenda kovid aniqlandi

Jahon 19:40 / 21.07.2022 19348

AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun topshirgan test musbat natija bergan. Bu haqda Oq uy press-relizida ma’lum qilindi.

79 yoshli Bayden to‘liq vaksinatsiya kursidan o‘tgan va ikki bor buster-vaksina olgandi. Xabarda aytilishicha, unda kasallikning yengil alomatlari kuzatilmoqda va dori-darmonlar qabul qila boshlagan.

AQSh prezidenti ihotalangan va o‘z majburiyatlarini masofadan bajarishda davom etadi. U Oq uy xodimlari bilan telefon orqali muloqot qilmoqda va rejalashtirilgan uchrashuvlarda videoaloqa orqali ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, Bayden koronavirus uchun test natijasi manfiy chiqqanidan keyingina o‘zaro uchrashuvlarga qaytishi mumkin.

  • 13-16 iyul kunlari Jo Bayden Yaqin Sharqqa tashrif buyurgandi. Turne doirasida u Isroil va Saudiya Arabistoni hukumatlari rahbarlari bilan uchrashgandi. 19 iyul kuni AQSh prezidenti va uning rafiqasi Jill Bayden Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya bilan uchrashgan.
Ko‘proq yangiliklar: