Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga kuch ishlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan ish beruvchi hibsga olindi

Jamiyat 11:03 / 16.07.2022 29974

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, fuqarolar ish beruvchi tomonidan barcha hujjatlari olib qo‘yilib, kuch ishlatilgan va majburiy mehnatga jalb qilingan. Oylik ish haqidan darak ham bo‘lmagan. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakili ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida Volgograd viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan korxonaga reyd uyushtirdi. 

Qayd etilishicha, reyd davomida viloyatning barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etgan.

Natijada, ish beruvchi hibsga olinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Barcha o‘zbekistonliklarning pasport va oylik maoshlari olib berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: