Andijonda 8-sinf o‘quvchisi firibgarlikda gumon qilinmoqda

Jamiyat 08:00 / 16.07.2022 20231

Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan D.I. ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilib, firibgar tuzog‘iga tushganini va pullaridan ayrilganini ma’lum qilgan

Jabrlanuvchining bildirishicha, noma’lum shaxs telegram messenjeri orqali unga “Omad shou” dasturida pul yutug‘ini yutib olgani to‘g‘risida xabar yuborgan. Uning ishonchiga kirib, yutuq pullarini bank plastik kartasiga o‘tkazib berishini aytgan. 

O‘z navbatida, fuqaro unga o‘z plastik raqami ma’lumotlarini bergan. Lekin yutuq pullaridan umid qilib o‘tirgan D.I. biroz o‘tib, bor pulidan ham ayrilgan. Plastik kartasidagi bir million so‘mga yaqin pullar yechib olingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan 8-sinf o‘quvchisi O.X. sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olingan.

O‘rganishlar natijasida O.X. shu usul bilan o‘nlab fuqaroni aldab, pullarini qo‘lga kiritgani, jinoiy yo‘l bilan topgan pullarni esa “PUBG” onlayn o‘yiniga tikib, sarflagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: