Super Oy hodisasi: Toshkentdan olingan suratlar

Fan-texnika 23:00 / 13.07.2022 155082

Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Oy o‘z orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasiga keldi, bu vaqtda Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi orasidagi masofa 357 ming kilometrni tashkil etdi – bu 2022 yil uchun minimum ko‘rsatkichdir.

Perigey (Oyning Yerga maksimal yaqin kelishi) bilan bir kunda, Oyning rasman to‘lgan kuni ham 13 iyulga to‘g‘ri kelmoqda – ikki astronomik hodisa orasidagi vaqt 9 soatni tashkil etdi.

Odatda Oy o‘z orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasiga yetgan vaqtdan kamida uch kun farq bilan Oy to‘lishi ro‘y beradi. Perigey va Oy to‘lishining bir kunga to‘g‘ri kelishi deyarli har yili kuzatiladi, biroq ular orasidagi farq bor-yo‘g‘i 9 kun bo‘lishi nisbatan noyob hodisa.

Avvalroq NASA e’lon qilgan, “Jyeyms Uebb” teleskopi yordamida olingan ekzosayyoralarning beshta surati ko‘pchilikni hayratga solgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: