Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 iyul kuni soat 17:10larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov avtomobil yo‘lining Koson tumani hududidan o‘tuvchi 76-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Koson tumani “Pudina” QFY hududida, haydovchi I.B. Matiz mashinasi bilan harakatlanib kelayotgan vaqtda Case kombayni bilan to‘qnashib ketgan.
Oqibatda Matiz mashinasi haydovchisi hamda unda yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Cobalt mashinasi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan ISUZU yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, uch kishi tan jarohati olgandi.