Abu Dabidan Toshkent va Samarqandga arzon reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
BAAning “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati bilan shu haqda muzokaralar o‘tkazdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev WizzAir Abu Dhabi (BAA) boshqaruvchi direktori Maykl Berlui boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Aviakompaniyaning Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi va Abu-Dabi – Samarqand – Abu-Dabi yo‘nalishlarida har bir yo‘nalish bo‘yicha haftasiga 4 reysdan iborat muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ahamiyati va dolzarbligi ta’kidlandi. Parvozlar joriy yil 4-choragidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Arzon narxlarda xizmat ko‘rsatuvchi “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi rahbariyati kam budjetli narxlarda parvoz yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Yangi reyslar ishga tushirilishi BAA va O‘zbekiston o‘rtasida havo transportiga bo‘lgan talabni qondiradi, chiptalar ommabopligini ta’minlaydi, ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchilar tashish hajmini ko‘paytiradi. Bu O‘zbekiston turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq tadbirlarni belgilab oldilar.

Ma’lumot uchun, WizzAir Abu Dhabi Abu-Dabi xalqaro aeroportida joylashgan kam budjetli aviakompaniya bo‘lib, BAAning ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda Wizz Air Holdings xalqaro xolding tomonidan tashkil etilgan qo‘shma korxonasidir.
Mavzuga oid

22:12 / 15.01.2025
Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:06 / 14.01.2025
Prezident maktabi o‘quvchilari Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi

22:42 / 30.07.2024
Toshkentda Wizz Air aviakompaniyasi reysi 17 soatga kechiktirildi

16:57 / 09.12.2023