Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BAA vakillari davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishni muhokama qildi

9 dekabr kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Ichki ishlar vazirligining davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mas’ul Baxt – saodat departamenti direktori Nasir Xadim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda xaqchil davlat xizmatlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil amaliy choralar BAAdagi hamkasblar bilan o‘rtoqlashildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida BAA Ichki ishlar vazirligining davlat xizmatlarini tashkil etish va ko‘rsatish faoliyatidagi so‘nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishilib, interaktiv suhbatlar hamda taqdimotlar orqali o‘zaro tajriba almashildi.
Xususan, davlat xizmatlarini olishda aholining qoniqish darajasini va soha mutaxasislarining malakasini oshirish, situatsion markazlarning davlat xizmatlarini takomillashtirishdagi o‘rni, proaktiv xizmatlar hamda onlayn davlat xizmatlarining qamrovini oshirish mexanizmlari ko‘rsatib berildi.
Ma’lumot o‘rnida, BAA tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 133 tani tashkil etadi.
Shu bilan birga, tomonlar davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, ommabop xizmatlardan mobil ilova orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida tajriba almashishga kelishib olindi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar
Iqtisodiyot | 18:04
-
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53
Mavzuga oid

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

22:12 / 15.01.2025
Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:06 / 14.01.2025