Farg‘onada daraxtga urilgan Labo yonib ketdi

Jamiyat 12:35 / 08.07.2022 8650

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 7 iyul kuni soat 05:30da Qo‘qon-Yaypan yo‘lining O‘zbekiston tumani “Ko‘l elash” MFY hududidagi ko‘chada harakatlanib ketayotgan Shahrixon shahrida yashovchi N.Q.ga tegishli bo‘lgan Labo yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani sababli yo‘l chetidagi chinor daraxtiga urilgan. Zarba tufayli mashinada yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga 05:40da yetib borib, olov 05:41da o‘rab olingan va 05:44da o‘chirilgan. Ammo ungacha Labo to‘liq yonib ketgan.

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda ularning sog‘lig‘i yaxshi.

Avvalroq, Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Lada Kalina mashinasi yonib ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: