Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi, rubl kursi tushmoqda
Rubl kursi ketma-ket uchinchi bor tushdi.
Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,45 so‘mga ko‘tarilib, 10 860,14 so‘mni tashkil qildi. Yevro 132,98 so‘mga pastlab, 11 182,69 so‘m bo‘ldi. Rubl 10,70 so‘mga tushib, 185,88 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun tushib, 10 836,69 so‘mni tashkil qilgandi.
Ma’lumot uchun, Ukrainadagi urush boshlangan kunlarda O‘zbekistonda rubl kursi 140 so‘m atrofida edi, keyingi haftalarda kurs 80 so‘mdan ham pastga tushib ketgan (3 mart kuni 100 so‘mdan pastga tushgan, 9 mart kuni 79,89 so‘mni tashkil etgan), ammo mart oyining ikkinchi yarmida kurs mustahkamlana boshlagan (17 mart kuni 100 so‘mdan oshgan). Shundan keyin rubl kursida qulash kuzatilmagan, aprel oyi boshiga kelib kurs urushdan oldingi holatiga qaytgan, oy oxirida 150 so‘mdan, may oyi boshida 160 so‘mdan ham oshgandi. May oyi oxirida qariyb 200 so‘mga yaqinlashgan kurs, keyingi hafta mobaynida yana ortga qaytadi, lekin 23 iyunda kurs 200 so‘mlik nuqtadan ham o‘tadi va 30 iyun kuni o‘zining yuqori nuqtasiga chiqadi (212,43 so‘m). Iyul oyidan esa rubl kursi tushmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

16:50 / 23.06.2025
Dollarning rasmiy kursi 12 410 so‘mgacha tushdi

21:49 / 19.05.2025
So‘nggi bir haftada dollar 100 so‘mga qimmatlab, keyin 122 so‘mga arzonlashdi

18:32 / 13.02.2025
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi

23:28 / 05.12.2024