London Ukrainaga yana 1 mlrd funt sterling qiymatida harbiy yordam beradi

Jahon 10:45 / 30.06.2022 8062

Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada kengaytirmoqda. 29 iyun, chorshanba kuni kechqurun Londondagi hukumat qo‘shimcha 1 milliard funt sterling (1,2 milliard yevrodan ozroq) taqdim etilishi va shu tariqa, Kiyevga yordam deyarli ikki baravar ko‘payishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda g‘arb axborot agentliklari.

Ushbu harakat mamlakatga Rossiya bosqinidan mudofaa holatidan hujum operatsiyalarini kuchaytirishga yordam berishga qaratilgan. Gap havo hujumidan mudofaa tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari va radioelektron kurash uchun uskunalar yetkazib berish haqida bormoqda.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 30 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida moliyalashtirish hajmini oshirish haqida ma’lum qilishi rejalashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutgan harbiy muvaffaqiyatlar yo‘qligi fonida, Rossiyaning Ukrainaga hujumlari «borgan sari vahshiylikka» aylanib bormoqda.

Umuman olganda, Dauning-strit ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,3 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam ajratishga va’da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: