Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Jamiyat 09:08 / 26.06.2022 12955

Toshkent shahar YHXB Eski TashMI yaqinida HOWO yuk mashinasi yonayotgani haqidagi video yuzasidan ma’lumot berdi.

2022 yil soat 23:10 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan B.I. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 80 B 443 NA bo‘lgan HOWO rusumli yuk mashinasida 1-Toshkent tibbiyot akademiyasi qarshisida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in chiqqan.

Foto: Toshkent shahar YHXB

Yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: