Buxoroda 120 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 10:00 / 26.06.2022 14546

Buxoro shahrida 7 gektar yer maydoni noqonuniy ravishda sotilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga ukasi nomidagi «G.A.» MChJga qarashli 7 gektar ekin yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 120 ming dollarga sotishga kelishgani aniqlangan. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: