O‘zbekiston 5 oyda Qozog‘iston va Rossiyaga 432 ming tonna meva va sabzavotlar yetkazib berdi

O‘zbekiston 10:51 / 23.06.2022 4606

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 335 mln AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

O‘zbekiston 2022 yilning 5 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston va Rossiya yetakchilik qilmoqda, mos ravishda - 314 ming tonna va 118 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qirg‘iziston – 53 ming tonna;
  • Xitoy – 48 ming tonna;
  • Afg‘oniston – 19 ming tonna;
  • Belarus – 11 ming tonna;
  • Pokiston – 7 ming tonna;
  • Turkiya – 6 ming tonna;
  • Ukraina – 4,9 ming tonna;
  • Eron – 4,5 ming tonna;
  • Ozarboyjon – 3,8 ming tonna;
  • BAA – 3 ming tonna;
  • Germaniya – 1 ming tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston 5 oyda xorijga 335 mln dollarlik meva va sabzavotlar sotgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: