«IMKON» savdo markazi 10 yoshda

Jamiyat 20:00 / 22.06.2022 10572

Zakovat intellektual o‘yini boshlovchisi Abdurasul Abdullayev tomonidan tayyorlangan savollar qatnashchilarning bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Musobaqa qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

So‘nggi natijalarga ko‘ra bosh ofis xodimlar jamoasi 1-o‘rinni, Yaypan filiali jamoasi 2-o‘rinni va Norin filiali jamoasi 3-o‘rinni egallashdi. G‘olib jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bellashuvdan so‘ng bayram tadbirini rasman ochib berish uchun so‘z «IMKON» savdo markazi boshqaruv raisi Bekzodjon G‘ulomovich Rahmataliyevga berildi. Boshqaruv raisi yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, barcha xodimlarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Savdo markazining rivojiga o‘z mehnati bilan samarali hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

So‘ng, «IMKON» savdo markazi boshqaruv raisi o‘rinbosari Davronbek Ravshanboyevich Murodov so‘z olib, xodimlarning mehnatini sharaflash va rag‘batlantirish maqsadida, har bir filialdan yil davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan bir nechta xodimlar uchun kuz mavsumiga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmalari tashkil qilinganligini e’lon qildi.

Tadbir davomida taniqli va afsonaviy san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va ko‘ngilochar dasturlar bayram dasturxoni atrofida yig‘ilgan barcha xodimlar va mehmonlarning ko‘nglini shod etdi.

Ma’lumot uchun: «IMKON» savdo markazi 10 yildan buyon Respublika bo‘ylab 1000 dan ortiq xodimlarni ish bilan ta’minlab hamda 5000 xildan ortiq maishiy texnikalar, mebellar, sport anjomlari, avto ehtiyot qismlari va elektronika buyumlarini muddatli to‘lovga sotish orqali yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Telegram kanali: t.me/imkonsavdomarkazi

Instagram: instagram.com/imkonsavdomarkazi

Facebook: fb.com/imkon.markazi

YouTube: youtube.com/channel

TikTok: tiktok.com/@imkonsavdomarkazi

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: