Cho‘milish mavsumida 60 nafarga yaqin fuqaro suvda cho‘kib halok bo‘ldi
O‘zbekistonda joriy cho‘milish mavsumida 60 nafarga yaqin fuqaro suvda cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda FVV O‘zAga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatda joriy mavsumda shu kunga qadar 60 nafarga yaqin fuqaro suv havzalarida cho‘kib halok bo‘lgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ularning aksariyati ruxsat etilmagan joylarda cho‘milgan, ayrimlari esa o‘z ehtiyotsizligi natijasida suvga tushib ketgan.
Bundan oldin Samarqandda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli o‘smirning jasadi sakkiz kunda topilgani xabar berilgandi.
FVB va IIB xodimlariga qidiruv ishlarida marhum o‘smir yashagan mahallada yashovchi 65 nafar odam yordamlashgan.
Mavzuga oid

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

10:52 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi

19:26 / 04.03.2025
FVVning yangi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

12:18 / 11.02.2025