Reproduktiv salomatlik markazi, Skrining markazi va Ginekologiya markazi birlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrifi chog‘ida onalik va bolalikni himoya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklar oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha atigi 16 ta shifoxonada asoratli homiladorlikka ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bois 46 ta tuman va shahardagi tug‘uruq majmualarida zarur sharoitlar yaratib, tumanlararo perinatal markaziga aylantirilishi qayd etildi.
Har bir poliklinikada tashkil etilgan 17 mingta tibbiy brigada uchun malakali doyalar tayyorlab, faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Bu yil Toshkent shahridagi 15 ta tug‘uruqxonada chaqaloqlar eshitish qobiliyatini tekshirish boshlandi. Mutaxassislarni o‘qitib va maxsus uskunalar xarid qilib, kelgusi yildan barcha tug‘uruqxonalarda joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Bugungi kunda tug‘ish yoshidagi ayollar sog‘lig‘iga – Reproduktiv salomatlik markazi, homiladagi nuqsonlarni aniqlashga – Skrining markazi, farzand ko‘rish jarayoniga – Akusherlik va ginekologiya markazi mas’ul hisoblanadi.
“Ularning hududiy filiallari bir-biri bilan bog‘liq holda ishlamagani sababli ayollar sarson bo‘lmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.
Davlat rahbari mazkur 3 ta muassasani birlashtirib, yangi markaz tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Bu yangi markaz innovatsion texnologiyalar asosida reproduktiv salomatlik tibbiy-biologik muammolarini hal etish, tug‘ma nogironlik oldini olish bo‘yicha genetik tadqiqotlar olib borish, bexatar onalikni ta’minlash kabi juda muhim vazifalarga ixtisoslashadi.
Yig‘ilishda soha mutasaddilari, shifokorlar, hokimlar so‘zga chiqib, taklif va mulohazalarini bildirdi. Viloyat hokimlari onkologiya va gematologiya xizmatlarini rivojlantirish, onalik va bolalikni himoya qilish choralari bo‘yicha hudud xalqiga murojaat qilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Hech qachon hech qachon demang» - Tramp Kanadaning AQShga qo‘shilishi haqida
Jahon | 23:14
-
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda
Jahon | 23:08
-
6 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:01
-
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59
Mavzuga oid

13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi

11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi

13:52 / 09.08.2024
O‘zbekistonda xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi tashkil etiladi

07:56 / 15.09.2023