"O‘zbekiston ustav ikkinchi moddasining ikkinchi va to‘rtinchi bandlariga muvofiq qo‘shilish to‘g‘risidagi rasmiy deklaratsiyani topshirgach, 2024 yil 30 avgust kuni tashkilotga rasman qabul qilinib, 138-a’zo davlatga aylanganini e’lon qilish men uchun katta sharafdir", – deyiladi tashkilot bosh direktori Aruna Francheska Mariya Gujralning rasmiy bayonotida.
Tashkilotga qo‘shilish O‘zbekistonga boy bilim va tajribani olib kirish imkonini beradi. Bu esa madaniy merosni asrab-avaylashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuklatilgan vazifani bajarishdagi sa’y-harakatlarga xizmat qiladi.
Ushbu voqea tashkilotning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ishtirokini kuchaytiradi. O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligi mintaqaning boshqa mamlakatlarini madaniy merosni saqlash va himoya qilish bo‘yicha missiyaga qo‘shilishga ilhomlantiradi.