Sirdaryoni Tojikiston bilan bog‘lovchi mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridan Tojikistonning Istaravshan (eski nomi O‘ratepa) shahriga qatnovchi Yangiyer – Istaravshan – Yangiyer xalqaro yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘nalishdagi qatnovlar Guliston shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Timur Avto Trans Servis” MChJ, Tojikiston tomonidan “Dovud” MChJ tomonidan amalga oshiriladi. Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marotabadan bajariladi.
Mikroavtobuslar “Yangiyer” avtostansiyasidan soat 7:00 da, Tojikiston tomonidan esa Istaravshan shahri markazidan soat 7:30 da yo‘nalishga chiqadi.
Ushbu yo‘nalish qatnov masofasi 69 km bo‘lib, yo‘lkira narxi 27 000 so‘m etib belgilangan.
Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda, tashuvchilar tomonidan qatnovlar sonini har ikki tomondan kuniga 4 tagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

17:42 / 27.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

18:10 / 25.02.2025
Sirdaryoda renovatsiya dasturi asosida 15 ming xonadonli uy-joylar quriladi

15:40 / 16.02.2025