IFAB futboldagi beshta o‘zgarish qoidasi amalda qolishini tasdiqladi

Sport 22:06 / 13.06.2022 21785

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi (IFAB) jamoalarning o‘yin davomidagi tarkibda 5ta o‘zgarishni amalga oshirish qoidasi saqlanib qolinishi e’lon qildi.

Ushbu qoida koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan bo‘lib, o‘yin davomidagi o‘zgarishlar soni yana 5tadan 3taga qaytarilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo IFAB futboldagi bu o‘zgarish saqlanib qolishi haqida ma’lum qildi.

«IFABning bugungi yig‘ilishida ushbu o‘zgartirishning futbol qoidalariga doimiy kiritilishi bo‘yicha bir qator tavsiyalar va barcha futbol jamoatchiligining bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ma’qulladi. Shuningdek, musobaqa tashkilotchilari ixtiyoriga ko‘ra, zaxiradagi o‘yinchilar sonini 12dan 15 nafargacha oshirishiga ruxsat berildi», — deyiladi tashkilot rasmiy saytida. 

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda yevrokubok va xalqaro o‘yinlarda 5 nafargacha o‘zgarish qoidasiga amal qilingan bo‘lsa, APLda o‘zgarishlar soni yana 3taga qaytarilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: