O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin bilan uchrashdi.
"Bugun TIVda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Muloqot davomida mamlakatlar rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston – Rossiya strategik sherikligining keng ko‘lamli kun tartibi muhokama qilindi.