11 iyun kuni Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasidan o‘tuvchi markaziy ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani tufayli shahar aholisining ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joyga borib, jarayon bilan shaxsan tanishgan
12 iyun kunining ikkinchi yarmiga kelib muammolar bartaraf etilgan.
Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, «Buxoro suv ta’minoti» MChJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan avariya-tiklash ishlari natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan shisha tolali hobus diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirilgan.
Bugun ta’mirlash ishlari yakunlanib, ayni paytda Buxoro shahrining barcha hududlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘liq qayta tiklangan.