Toshkentdan Krasnodar va Rostovga aviaqatnovlar Sochi shahriga amalga oshiriladi

Jamiyat 15:17 / 11.06.2022 8243

Aviakompaniya taqdim etgan ma’lumotga qaraganda, O‘zbekiston shaharlaridan Sochiga qatnovlar uzaytirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent – Krasnodar – Toshkent, Toshkent – Rostov-Don – Toshkent, Namangan – Krasnodar – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar 2022 yilning 1 iyulidan 31 iyuligacha Sochi shahriga amalga oshiriladi.

Bundan oldin Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Krasnoyarskka parvozlarni yo‘lga qo‘yayotgani xabar berilgandi.

2022 yil 25 iyundan Uzbekistan Airways Express Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk qatnovini amalga oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: