O‘zbekiston rossiyaliklar orasida sayohat uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi

Jahon 16:35 / 10.06.2022 14043

Joriy yilning 10 iyun kuni Rossiya davlat dumasi deputati, turizm va turizm infratuzilmasini rivojlantirish qo‘mita a’zosi Artem Prokofev shu haqda ma’lum qildi

«2017 yildan beri mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlar oqimi ortib bormoqda. 2022 yilgi natijalar biz pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichdan oshib ketishimiz mumkinligini ko‘rsatmoqda. Rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifi soddalashtirilgani sayyohlik oqimining o‘sishiga xizmat qilgan muhim qadamdir», — dedi Prokofev davlat dumasining O‘zbekiston parlamenti bilan aloqalar bo‘yicha deputatlar guruhi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining davlat dumasi bilan parlamentlararo aloqalar bo‘yicha guruhi qo‘shma majlisida. 

Deputatning ta’kidlashicha, may oyidagi bayramlar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan chiqish turizmi uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi. 

«O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlarning deyarli to‘rtdan bir qismi rossiyalikdir», - deya qo‘shimcha qildi Prokofev. 

U, shuningdek, «Rosturizm» ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hozirda butun possovet hududidagi eng rivojlangan sayyohlik yo‘nalishi ekanligini aytdi. 

«Haftada 100 tagacha reys qatnayapti. Bu hamkorlikning juda istiqbolli yo‘nalishi, deb hisoblaymiz», — deya xulosa qildi deputat. 

Ko‘proq yangiliklar: