Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 iyun kuni Payariq tumani hududida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Forish-Payariq bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia-3 mashinasi yo‘lning xavfli burilish joyiga kelganda boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan. Oqibatda mashina haydovchisi 25 yoshli yigit voqea joyida halok bo‘lgan. Uning do‘sti, og‘ir tan jarohatlari olgan yigit shifoxonada vafot etgan.
Avvalroq, Oqdaryo tumanida Nexia-3 mashinasi piyodalar yo‘lakchasida urib yuborgan 4 yoshli qiz vafot etgandi.