Stepan Maslennikov Orient Group’ning chakana savdo yo‘nalishiga boshchilik qildi

Jamiyat 17:00 / 08.06.2022 9334

2022 yilning 7 iyun kuni Orient Group kompaniyasi Stepan Maslennikovning Makro supermarketlar tarmog‘ining v.v.b. ijrochi direktori etib tayinlangani haqida e’lon qilindi. Bu lavozimda u Orient kompaniyalar guruhidan tashqarida faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan Roman Sayfulinning o‘rnini egallaydi. Top-menejyerning vazifasiga Home Market va Profit Store’larni boshqarish ham kiradi.

Orient Group Management bosh direktori Andrey Safronyuk: «Roman o‘z faoliyati davomida chakana savdo tarmog‘iga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Uning qo‘l ostida Makro biznes-jarayonlarni rivojlantirishda oldinga siljib, O‘zbekiston hududlarida ham kengayishni boshladi. Orient Group nomidan Romanga loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Ishonchim komilki, Stepan Maslennikovning katta boshqaruv tajribasi unga holdingning eng muhim yo‘nalishidagi bozor pozitsiyalarini mustahkamlashga e’tibor qaratgan holda hozirgi jamoani saqlab qolish va mustahkamlash imkonini beradi».

Orient Group kompaniyasining Chakana savdo sohasidagi eng yirik aktivi Makro supermarketlar tarmog‘idir. Bozorning so‘zsiz yetakchilaridan biri bo‘lgan ushbu tarmoq 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, O‘zbekistonning barcha hududlarida 100 dan ortiq do‘konlari mavjud bo‘lib, minglab odamlarni ish bilan ta’minlagan.

Voqeani sharhlar ekan, Stepan Maslennikov shunday dedi: «Ishonchim komilki, chakana savdodagi muvaffaqiyatning eng muhim omili bu ishonchdir. Gap faqatgina brendning mijozlar bilan yillar davomida barqaror mahsulot va xizmat sifati asosida qurilgan ishonchli munosabatlari haqida emas. Xuddi shunday muhim element bu xodimlarning tanlangan strategiya to‘g‘riligiga va kompaniya boshqaruviga bo‘lgan ishonchidir. O‘z navbatida, men jamoaviy ruhni mustahkamlash va intensiv rivojlanish vektorini belgilash uchun qo‘limdan kelganini bajaraman – bu xodimlarni o‘ziga jalb eta oladi va ilhomlantiradi. Faqat shundagina biz iste’molchilar ishonchiga umid qilishimiz mumkin».

Stepan Maslennikov – tashkiliy o‘zgarishlar, strategik va loyihalarni boshqarish, biznesni rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha xalqaro tajribaga ega ekspert. Orient Group jamoasiga qo‘shilishidan oldin Stepan Tyumen Oil Company va British Petroleum kompaniyalarining integratsiyalashuvidan o‘tgan. U Qozog‘istonning eng yirik neft kompaniyasi – KazMunayGaz’ni transformatsiya dasturini amalga oshirishda ishtirok etgan. U yirik xususiy kompaniyalar va moliyaviy va sanoat holdinglari biznesidagi strategik o‘zgarishlarga rahbarlik qildi. 2020 yildan esa Orient Group Management Transformatsiya departamenti direktori, holding strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul.

Orient Group matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: