Qarshi shahridan kelgan Sevara Abdullayeva 4 farzandning onasi. Uning o‘g‘li, 6 yoshli Jayhunbek og‘ir xastalikka chalingan. Bolakayda bosh og‘rig‘idan boshlangan kasallik endi kun sayin og‘irlashib, tez-tez shifoxonada davolanishga majbur qilmoqda. Shifokorlar unda bosh miya kistasi borligini aniqlashgan.
“O‘g‘limning boshi og‘riganda ko‘zi ko‘rmay qoladi. Buni Sankt-Peterburgda lazerli operatsiya bilan davolash mumkin ekan. Turmush o‘rtog‘im shu bolamizni davolatish uchun ikki yildan beri Rossiyada ishlaydi. Topganimiz kunlik dorilar, davolanishlarga ketadi. Operatsiya uchun mablag‘ orttirolmayapmiz. Qarindoshlarimiz ham imkon qadar yordam berishadi.
Kasali xuruj qilganda hech kimni, hatto aka-opalarini ham ko‘rmay, tanimay qoladi. Chunki ko‘zi ko‘rmaydi. Bolam bir umr ko‘zi ojiz bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Uzoqdagi otasi bilan gaplashganda ham ovozidan taniydi”, – deydi bemorning onasi Sevara.
Bu oila 4 yildirki ijarada yashab kelmoqda. Uy-joy olish umidida yurgan ota-onaning hozir bolasi sog‘ayishidan boshqa tashvishi yo‘q.
Jayhunbekning quvnoq va beg‘ubor ko‘zlariga qaragan kishining qalbi yorishadi. Shu ko‘zlardan nur arimasligi, dunyoga o‘z nigohlari bilan qaray olishi uchun ko‘mak lozim.
Jayhunbek Jalilovga oid ma’lumotlar:
Humo: 9860 0301 9288 2824 onasi Sevara Abdullayeva nomida
Bevosita uchrashish istagida bo‘lganlar uchun bemor manzili: Qarshi shahar, “Amir Temur” MFY, 17-uy, 1-xonadon.
Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi – Azimjon Vohidov.