Toshkent viloyatida dori vositalarini dorixonadan tashqarida sotish holati aniqlandi

Jamiyat 07:33 / 07.06.2022 2653

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro Sh.S. dori  vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, 100 quti “Geparen-belmed” va 600 quti “Kleksan” nomli dori vositalarini fuqaro D.ga 134,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: