Inditex O‘zbekistonga kelyapti

Iqtisodiyot 15:47 / 06.06.2022 29457

Mazkur ispan kompaniyasining Ijtimoiy barqarorlik bo‘yicha direktorati vakillarining tashrifi respublikamiz to‘qimachilik sanoatini global ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish uchun tashkil qilindi.

Tashrif davomida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va O‘zbekistondagi tekstil sohasidagi salohiyatli kompaniyalar va paxta-to‘qimachilik klasterlariga tashrif buyurish hamda shu orqali ishlab chiqarish sohasidagi ishchilarning mehnat sharoiti, ishlab chiqarish jarayonining atrof-muhitga hamda ushbu jarayonda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalarning iste’molchiga ta’sirini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Tashrif yakuni bo‘yicha xulosa tayyorlanadi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati

Bugun, 6 iyun kuni delegatsiya a’zolari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bo‘lib, respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, to‘qimachilik sanoatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot oldilar.

Tashrif davomida Ispaniya delegatsiyasi bir qator to‘qmachilik korxonalariga borib, to‘qimachilik sohasida olib borilayotgan faoliyatlari bilan atroflicha tanishishi ko‘zda tutilgan.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: