Usta bir oyda bir dona avtomobil maketini yasaydi. Tayyorlash jarayonini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib boradi. Yog‘och avtomobillar tayyor bo‘lgach, 700 AQSh dollaridan boshlab sotiladi.
“Bular asosan qo‘l mehnati yordamida qilinadi. Hamma detallariga alohida e’tibor beramiz. Rollarning burilishlari, eshiklarning ochilishlari haqiqiy modeli qanday bo‘lsa, shunday qilishga harakat qilamiz. Tanlangan model qanday bo‘lsa, o‘shanday qilishga harakat qilamiz”, – deydi Baxtiyor Imomov.
Avtomobillar chinor daraxtidan tayyorlanadi. Hozirda avtomobillarga chet eldan va mahalliy aholidan xaridorlar ko‘paymoqda.
Qahramonimiz mazkur hunarini ham shogirdlarga o‘rgatib, kelajakda ommalashtirish niyatida.
Yog‘och mashinalarni asosan sovg‘a sifatida xarid qilish mumkin.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montaj ustasi – Azizbek Ismoilov