Qirg‘izistonda birinchi Yevrosiyo iqtisodiy forumi o‘tkaziladi 

Jahon 16:44 / 25.05.2022 5422

26 may kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida birinchi Yevrosiyo iqtisodiy forumi o‘tkaziladi.

Forum Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi huzuridagi Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan.

Forumda qatnashish uchun dunyoning 15 mamlakatidan 2500 nafarga yaqin kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Forum doirasida 35 tadbir va 21 tematik sessiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

YeOII mamlakatlari - Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston rahbarlari forum ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat qiladi.

Birinchi Yevrosiyo iqtisodiy forumi 2020 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: