Madaniyat vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari nimalarga sarflanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 07:53 / 25.05.2022 3286

Norma’ning yozishicha, jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish;
  • iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini musiqa darsliklari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash;
  • madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini ta’minlash;
  • vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida yetakchi mahalliy va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
  • vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qitish orqali malakasini oshirishni tashkil etish;
  • ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarini moliyalashtirish;
  • vazirlik tashabbusi bilan tashkil etiladigan ommaviy-madaniy tadbirlarga sarflanadigan mablag‘larni qoplash;
  • vazirlik tashabbusi bilan yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan konsert-tomosha, spektakllar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
  • vazirlikning markaziy apparati hamda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlariga har oylik ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash hamda ularni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

  • davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
  • vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi bo‘yicha belgilangan miqdorda dividendlar to‘langandan so‘ng qolgan mablag‘ning 15 foizi;
  • davlat teatrlari, sirki, madaniyat markazlari va konsert-tomosha muassasalarining topgan daromadidan 10 foizi;
  • jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • DXSh asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablag‘lar;
  • vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablag‘lar;
  • vazirlik tasarrufidagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisobvarag‘idan ajratiladigan mablag‘lar;
  • xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlari;
  • jamg‘arma mablag‘larini sarflash va boshqarish tartibi;
  • jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish.
Ko‘proq yangiliklar: