“O‘g‘limdan ayrildim, endi ikki qizim og‘ir dardga chalindi” - ko‘rgiliklar changalida yashayotgan ona qismati 

Jamiyat 14:38 / 20.05.2022 9907

Namanganlik Marhamatxon aya keksalik gashtini suradigan pallada farzandi boshiga tushgan ko‘rgiliklar sabab yordam istab najot axtarmoqda. Ayaning qizi Marg‘ubaxon va nabirasi Muhsinaxona ayni paytda Hindistonda.

“Mening yoshimda odamlar Haj, Umra safarlari haqida o‘ylashadi. Lekin menda qiyin vaziyat.

Qizim ikki farzandi bilan uyimga qaytib kelgan. O‘zimning turmush o‘rtog‘im to‘shakka mixlanib qolganiga 19 yil bo‘lyapti. Bularning hammasiga sabr qilaman. Lekin 17 yashar nabiram qandli diabet bilan og‘riydi. Har oyda uning muolajalari uchun anchagina mablag‘ kerak bo‘ladi.

Buning ustiga, 7 yoshga to‘layotgan kenja nabiram esa to‘satdan dardga chalindi. Ozoda-sarishta nevaram na orqa peshobini, na oldi peshobini tuta olmaydigan bo‘lib qoldi. Qo‘llari qaltirab, ba’zida shu qadar yomon qayt qiladiki, bolaga rahmingiz keladi”, — deydi bemorning buvisi.

Muhsinaxonning darddan forig‘ bo‘lishi uchun unga xorijda o‘tkaziladigan operatsiya tavsiya qilingan. Ammo oila a’zolari har qancha urinmasin, bu mablag‘ni topish muammo bo‘lyapti. Hozirda qizaloq onasi bilan Hindistondagi klinikada navbatdagi operatsiyani o‘tkazishgan. Ammo keyingi muolajalar va vatanga qaytish uchun ularda imkon yo‘q.

“Biz shu yo‘l bilan sinalyapmiz. Uyimdagi ikkita nogiron uchun ham bunchalik kuyinmagandim. Bu nevaramnikiga chidolmayapman. Endi irodam yetmayapti. Ikki bolasining ham nogiron bo‘lib qolganini ko‘tarolmagan onasining ham salomatligi yaxshi emas”, — farzandi va nevaralarining ko‘rgiliklaridan iztirobga tushadi aya.

Biz xastaliklar bilan kurashayotgan taqdirlarga deyarli har kuni duch kelamiz. Ammo bu qadar ayanchli hayot sinovlari boshidan kechayotgan insonlar hayotining har daqiqasi qanchalik og‘irligini his qilish uchun ularning hasratini eshitish kifoya. Shuni his qilganlarning savoblari ko‘payishiga tilakdoshmiz.

Muhsina Ashrapovaga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0610 0786 2161 buvisi Marhamat Akramova nomida

Humo: 9860 1601 0725 1581 buvisi Marhamat Akramova nomida

Ko‘proq yangiliklar: