Toshkent viloyatida yong‘inlarni avtomatik tarzda payqaydigan birinchi kamera o‘rnatildi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mamlakatda yong‘inlarni avtomatik tarzda payqaydigan birinchi intellektual kamera o‘rnatildi, deb xabar bermoqda IIV.

Foto: IIBB axborot xizmati
Loyiha «Xavfsiz turizm» tizimi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizm boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.
Ikki spektrli termal tasvir va optik IP joylashishni aniqlash tizimi bo‘lgan noyob Hikvision kamerasi aqlli xatti-harakatlarni tahlil qilish algoritmini qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘rnatilgan grafik protsessor bilan jihozlangan.
Bu texnologiya yong‘in kabi xavfli vaziyatlarni erta bosqichda yuqori aniqlik bilan aniqlash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkonini beradi.
Kamera nazorat qilinadigan hududdagi vaziyatni kuzatib boradi va yong‘inni keltirib chiqaradigan issiq haroratni payqaydi. Kamera parametrlar me’yordan oshib ketganini aniqlasa, u avtomatik ravishda qutqaruv xizmatlarini xabardor qiladi. Bu ham ma’muriy, ham turar joy obektlarini, shuningdek, turizm hududlarini samarali himoya qilishga yordam beradi.
Ushbu yangilik favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatini sezilarli darajada kuchaytiradi va favqulodda vaziyatlar xizmatlarining samaradorligini oshiradi.
Mavzuga oid

15:37 / 16.03.2025
Shimoliy Makedoniyadagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025