Tojikistondan kelgan poyezdda yashirib qo‘yilgan opiy partiyasi topildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan poyezd vagonida narkotik topildi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.
Toshkent viloyati Bekobod tumani “Bekobod-temiryo‘l” xalqaro o‘tkazish punktiga “Xo‘jand-Arys” yo‘nalishida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi hamda uning tarkibida bo‘lgan vagonlar belgilangan tartibda DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirilgan.
Jarayonda, qurilish mollarini tashishga mo‘ljallangan vagonlardan birining juft g‘ildiraklarini ulab turuvchi tayanch asosining g‘ovagida qora rangli polietilen paket borligi aniqlangan.
Paket xolislar va mutaxassislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, uning ichidagi ikki o‘ramda 1 kilogramm 949 gramm opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

17:31 / 15.01.2025
Tojikistondan O‘zbekistonga 20 kgdan ortiq opiy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024