Samarqandda «Mikrokreditbank» rahbari pora bilan qo‘lga olindi

Jamiyat 17:36 / 01.05.2022 31730

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda «Mikrokreditbank» Samarqand filiali rahbari 1982 yilda tug‘ilgan B.H. Samarqand shahrida joylashgan MChJga 2 milliard so‘m kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 6 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, bank filiali rahbari tadbirkorga 2 milliard so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, 4 ming dollarni oldindan olgan.

Qayd etilishicha, hozirda, mansabdorga nisbatan, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: