Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5 mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,84 so‘mga pastlab, 11 161,96 so‘mni tashkil qildi. Yevro 45,97 so‘mga ko‘tarilib, 11 807,12 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,76 so‘mga ko‘tarilib, 157,52 so‘m bo‘ldi va 2022 yildagi rekordini yangiladi.
Bu ushbu valuta kursi ketma-ket oltinchi kun pastlashi hisoblanadi.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan jahon bozorida yuzaga kelgan vaziyat O‘zbekistonga ham ta’sir qila boshlagach, mart oyi o‘rtalarida dollar kursi keskin ko‘tarila boshlagan, 15 mart kuni tijorat banklarida ilk bor dollar kursi 11 200 so‘mdan oshgandi, keyingi kunlarda tezkor sur’atlardagi o‘sish davom etib, bir dollar 11 500 so‘mdan ham oshib ketdi. 24 mart kuni kurs rekord - 11 509,59 so‘mgacha ko‘tarilgandi.
Kurs aprel oyining ikkinchi yarmidan tusha boshladi va 28 aprel kuni so‘nggi ikki oyda ilk bor 11 200 so‘mdan pastga tushdi.