Xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan

Jamiyat 07:54 / 27.04.2022 9806

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida profilaktik hisobda turgan 505 nafar qizlar ta’lim muassasalariga jalb etilib, 328 nafar og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari”ga joylashtirilgan.

Hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, 17 296 nafar, shu jumladan 624 nafar voyaga yetmagan qizlar, 3 605 nafar yosh (18-30 yosh), 520 nafar ilgari sudlangan xotin-qizlar ichki ishlar organlari hisobidan chiqarildi. 

2021 yil davomida ichki ishlar organlariga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlar yuzasidan 39 343 ta murojaatlar kelib tushgan. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida, 39 343 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari rasmiylashtirib berilgan.

Himoya orderlarining 378 tasi voyaga yetmagan, 9 861 tasi yoshlar (18-30 yosh), 29 104 tasi 30 yoshdan katta xotin-qizlarga berilgan.  

Murojaatlarni o‘rganishda 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18 777 ta ruhiy, 13 658 ta jismoniy zo‘ravonlik hamda 7 174 ta tazyiq holatlar aniqlangan. 

Xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan zo‘ravonlik holatlarining 34 330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: