O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun pastladi

Iqtisodiyot 16:22 / 27.04.2022 24425

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,81 so‘mga pastlab, 11 200,06  so‘mni tashkil qildi. Yevro 105,07 so‘mga pastlab, 11 887,74 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,16 so‘mga ko‘tarilib, 151,27 so‘m bo‘ldi.

Bundan avval ushbu valuta kursi ketma-ket uch kun pastlashdan so‘ng 11 221,87 so‘mni tashkil qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: