Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2015 taga kam.
Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 6341 ta holat. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 6213 ta va 5341 ta nikoh kuzatilgan Qashqadaryo viloyati hamda Farg‘ona viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Xorazm viloyati – 5241 ta;
- Surxondaryo viloyati – 5136 ta;
- Toshkent viloyati – 4572 ta;
- Andijon viloyati – 4521 ta;
- Toshkent shahri – 4306 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 4149 ta;
- Buxoro viloyati – 3694 ta;
- Namangan viloyati – 3611 ta;
- Jizzax viloyati – 2095 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1339 ta;
- Navoiy viloyati – 1314 ta.
Bundan oldin nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat bekor qilinishi mumkinligi xabar berilgandi.